Shuja شجاع | |||||
---|---|---|---|---|---|
Abbosiy xalifaning ummu al-valadi | |||||
Davri | 822 — 842-yil 5-yanvar | ||||
Tugʻilishi | Xorazm, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
861-yil iyun/iyul Samarra, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Dafn etilgan joy | |||||
Turmush oʻrtogʻi | Muʼtasim | ||||
Farzandlari | Mutavakkil | ||||
| |||||
Dini | Islom | ||||
Kasbi | Yer egasi |
Shuja al-Xorazmiy, shuningdek Ummu Jaʼfar (arabcha: أم جعفر) yoki Ummu al-Mutavakkil (arabcha: أم المتوكل) sakkizinchi Abbosiy xalifa Muʼtasimning ummu al-valadi va Mutavakkilning onasi.
Shuja Abbosiy shahzodasi Muhammadning kanizagi boʻlgan. 819/820-yilda haramga kirgan. Shujani Abu Isʼhoq Muhammad ibn Horun kanizaklikka olguniga qadar Abbosiylar xonadonida ulgʻaygan. U oqsoqol Musa ibn Bugʻa bilan qarindosh boʻlgan[1]. Ismi jasur va qoʻrqmas degan maʼnoni anglatadi. Muhammadning oʻgʻli Jaʼfarni (boʻlajak Mutavakkil) dunyoga keltirgan.
Mutavakkil 822-yil fevral/martda Abbosiy shahzodasi Abu Isʼhoq Muhammad (boʻlajak Muʼtasim) va xorazmlik kanizak Shujadan tugʻilgan[2][3].
Shujaning yoshlik davri noaniq. Chunki Mutavakkilning yoshlik davri ham noaniq. Buning sababi Mutavakkil 847-yil avgustida katta akasi Vosiq vafotigacha siyosiy ishlarda hech qanday rol oʻynamagan[2]. Oʻgʻli xalifa boʻlgach, onasi Shujaga 500 000 dinor va bir qancha yerdan iborat moliyaviy kuch bergan. Manbalarda bu ayolning siyosiy kuchga ega boʻlgani haqida maʼlumotlar yoʻq[4]. Oʻgʻli xalifa boʻlganidan koʻp oʻtmay Shuja haj safariga chiqishga qaror qilgan.
Shuja haj safarida koʻplab saxiyliklar qilgan. Mutavakkil onasi bilan xayrlashish uchun safar boshida hamrohlik qilgan. Shuja Kufaga yetib kelgach, Abbosiylar (Abbos avlodlari) va tolibiy erkaklarning (Abu Tolib avlodlari) har biriga ming dinordan, har bir ayolga besh yuz dinordan, Muhojirin qabilasidan esa har bir erkak yuz dinordan, har bir ayol esa oʻn dinordan olishi haqida buyruq bergan. Bu yerda Shuja ellik ming dinordan ortiq mablagʻ va bir million dinordan ortiqqa baholanadigan taqinchoqlar qoldirgan[5].
Shuja 861-yil iyun/iyulda vafot etgan[3]. Uning boyligi nabiralariga meros qolgan.
© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search